Soch to'kilishi har doim ham irsiyat bilan bog'liq bo'lavermaydi — ko'p hollarda bunga organizmdagi ozuqa moddalari tanqisligi sabab bo'ladi. Temir, tsink, D vitamini va kollagen yetishmovchiligi soch ildizlarini zaiflashtirib, ularning mustahkamligini yo'qotishiga olib keladi.
Ratsionga ushbu elementlarga boy bo'lgan ismaloq, tuxum, losos balig'i, yong'oq va suyak sho'rvasini kiritish soch ildizlarini ichdan oziqlantirishga yordam beradi. Sog'lom va to'g'ri ovqatlanish sochni parvarish qilishda muhim qadam bo'lsa-da, surunkali muammolarda shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.