
Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini sifatli tibbiy va farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida xalqaro tender e’lon qildi. Tender xalqaro standart va talablarga muvofiq o‘tkaziladi.
Xalqaro tender quyidagi lotlarni o‘z ichiga oladi:
Lot №1 — xalqaro talablarga mos muhim dori vositalarini xarid qilish.
Lot №2 — xalqaro talablarga mos tibbiy sarf materiallari va reagentlarni xarid qilish.
Lot №3 — xalqaro talablarga mos dori-darmon xomashyosi hamda sog‘liqni saqlash uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni xarid qilish.
Lot №4 — xalqaro talablarga mos tibbiy uskunalar, vaksinalar, dezinfeksiya, diagnostika va boshqa tibbiy vositalarni xarid qilish.
Tender takliflari ushbu e’lon chop etilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kun davomida Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi binosida qabul qilinadi.
Mazkur xalqaro tender sog‘liqni saqlash xizmatlari sifatini oshirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish va aholi salomatligini samarali himoya qilishga qaratilgan.
Manzil: Ashxobod shahri, Archabil shoh ko‘chasi, 20-uy.
Aloqa telefoni: 40-04-79.
Keywords