
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raqamli tizim orqali Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida Bosh vazir o‘rinbosari B. Amanovning hisobotida joriy yilning yanvar oyida mamlakatda neft va gaz qazib chiqarishni oshirish hamda ularni jahon bozorlariga chiqarish yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgani ta’kidlandi.
“Vatan” axborot dasturining xabar berishicha, “Turkmennebit” davlat konserni tomonidan neft qazib chiqarish rejasi 107,5 foizga bajarildi. Hisobot davrida neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan neftni qayta ishlash rejasi 106,4 foizga bajarildi. Benzin ishlab chiqarish rejasi 26,5 foizga, dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish rejasi 104,6 foizga, polipropilen ishlab chiqarish rejasi 100 foizga, moylash yog‘larini ishlab chiqarish rejasi 100 foizga, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejasi 122,1 foizga bajarildi. Tabiiy va yo‘ldosh gaz qazib chiqarish rejasi esa 108,3 foizga bajarildi.
Hisobotni tinglagan Turkmaniston Prezidenti mamlakatda neft-gaz sanoatini rivojlantirish dasturida belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rish muhimligini ta’kidlab, Bosh vazir o‘rinbosariga tabiiy gaz va neft qazib chiqarishni oshirish, uglevodorod resurslari konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatini izchil oshirishni topshirdi.
Keywords