
O‘tgan haftada Turkmaniston Davlat tovar-xomashyo birjasi savdolarida 34 ta bitim ro‘yxatga olindi.
Xorijiy valyuta evaziga Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Gruziya ishbilarmon doiralari vakillari «Türkmennebit» davlat konserni korxonalarida ishlab chiqarilgan polipropilen va bazaviy moy sotib oldilar. Bundan tashqari, BAA, Turkiya, Estoniya va Qirg‘iziston tadbirkorlariga jinsi mahsulotlari, to‘qimachilik chiqindilaridan qayta tiklangan tolalar, paxta iplari va matolari, qorako‘l yuni hamda bug‘doy uni sotildi. Bitimlarning umumiy qiymati 9 million AQŞ dollaridan ortiqni tashkil etdi.
Mamlakatimiz tadbirkorlari ichki bozor uchun umumiy qiymati 229 million 413 ming manatdan ortiq bo‘lgan polipropilen va bazaviy moy («Türkmennebit» DK), texnik oltingugurt («Türkmengaz» DK), paxta sovunstogining distillanmagan xom yog‘ kislotalari, bo‘yalgan tukli mato, ipak va paxta matolari hamda bug‘doy unini sotib oldilar.
Keywords