
«Ashxobod» koʻp tarmoqli stadionining ochiq kortlarida tennis boʻyicha poytaxt chempionati boʻlib oʻtdi. Shiddatli kechgan musobaqalarda Ashxobod shahrining 100 dan ortiq eng iqtidorli tennischilari ishtirok etdi.
Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda Ashxobod shahar jismoniy tarbiya va sport bosh boshqarmasining 10-sonli sport maktabi oʻquvchisi hamda «Jahan» ijodiy markazi tennischisi Selim Chagilov gʻalaba qozondi. U tajribali murabbiy Jennet Xalliyevaning shogirdidir. Ikkinchi oʻrinni Turkmaniston telekommunikatsiyalar va informatika instituti talabasi Allanur Dayanjov egallagan boʻlsa, kuchli uchlikni Turkman davlat meʼmorchilik-qurilish instituti talabasi Merdan Xanov yakunlab berdi.
Qizlar oʻrtasidagi murosasiz bahslarda Ashxobod shahar jismoniy tarbiya va sport bosh boshqarmasining 11-sonli sport maktabi oʻquvchisi Ilima Guseynova barcha raqiblarini ortda qoldirib, poytaxt chempioni boʻldi. Unga Uma Hummetova murabbiylik qilmoqda. Ikkinchi oʻrinni 10-sonli sport maktabi oʻquvchisi va «Jahan» ijodiy markazi tennischisi Aylar Kakabayeva egalladi. 10-sonli sport maktabi hamda «Jahan» ijodiy markazi vakili Anna Polyatova esa uchinchi oʻrinni band etdi.
Keywords