
2025 yilda BYD 2,25 million, Tesla esa 1,64 million elektromobil sotdi.
Xitoyning BYD kompaniyasi Amerikaning Tesla kompaniyasini ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchiga aylandi. Tesla tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning 2025 yilgi savdolari qariyb 9 foizga kamayib, 1,64 million donani tashkil etdi. BYD esa o‘tgan yili elektromobil savdolari qariyb 28 foizga oshib, 2,25 milliondan oshganini ma’lum qildi. Natijada BYD Tesla’ni qariyb 40 foiz farq bilan ortda qoldirdi.
BYD’ning muvaffaqiyati asosan ichki bozordagi kuchli savdolar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, eksport ham jadal sur’atlarda oshmoqda. Yanvar–noyabr oylarida kompaniya jami 878 ming avtomobil eksport qilgan. Yillik umumiy savdo hajmi esa 4,55 million avtomobilga yetdi.
Keywords