Joriy yilning to’qqiz oyida Toshkentda OIV infeksiyasining 307 ta yangi holati ro’yxatga olindi. O’tgan yilning shu davrida bu ko’rsatkich 324 ta edi. Bu haqda e-qaror.gov.uz portalida e’lon qilingan rasmiy hujjatda aytilgan.
Yangi holatlarni aniqlash ko’rsatkichi har 100 ming aholiga 9,4 ni tashkil etdi, bir yil oldin esa 10,3 edi. Shahar o’rtacha darajasidan yuqori ko’rsatkich Bektemir, Mirobod, Uchtepa, Yangihayot, Sergeli, Yashnobod va Yunusobod tumanlarida qayd etildi.
Poytaxtda OIV infeksiyasi bilan hisobda turgan 10 382 kishi bor, ulardan 10 245 nafari kattalar va 137 nafari 18 yoshgacha bo’lgan bolalar.
307 ta yangi holatdan 233 tasi (75,9 foiz) jinsiy yo’l orqali yuqish bilan bog’liq. Yana 13 tasi (4,2 foiz) tibbiy parenteral yo’l, 4 tasi (1,3 foiz) notibbiy parenteral yo’l, 6 tasi (2 foiz) esa venadan giyohvand moddalar iste’mol qilish bilan bog’liq.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.