Yaponiyaning Toyo Engineering Corporation (TOYO) kompaniyasi “Turkmanistonning qurilish, sanoat, kimyo va energetika tarmoqlarini rivojlantirish” mavzusidagi CIET 2026 xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasining kumush homiysi sifatida ishtirok etadi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi.
TOYO kompaniyasi Turkmanistonda gaz-kimyo loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tajribaga ega. Yaponiya kompaniyasi xalqaro konsorsium tarkibida Kiyanlidagi polimer majmuasini qurishda ishtirok etgan. Loyiha doirasida ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirish, zarur uskunalarni yetkazib berish va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish ishlari bajarilgan.
Kompaniyaning Turkmaniston bilan hamkorligi hozirda ham davom etmoqda. 2025-yilda TOYO Turkiyaning Rönesans Endüstri Tesisleri kompaniyasi bilan birgalikda “Turkmenhimiýa” davlat konsernining polimer majmuasini modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish faoliyatini tiklash ishlarida ishtirok etish bo‘yicha shartnoma tuzdi.
Toyo Engineering Corporation kompaniyasining CIET 2026 xalqaro forumida ishtirok etishi texnologik hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajriba almashish va yangi investitsiya imkoniyatlarini muhokama qilish uchun sharoit yaratadi.
CIET 2026 xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasi 3–5-noyabr kunlari Ashxobod shahridagi Turkmaniston Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tadi. Tadbirda davlat idoralari, xalqaro kompaniyalar va moliya institutlari vakillari, shuningdek, tegishli tarmoqlar mutaxassislari qatnashadi.
Forum davomida energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish, qurilish sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish hamda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish kabi muhim masalalar muhokama qilinadi.
Xalqaro forumning o‘tkazilishi Turkmaniston sanoat tarmoqlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yangi texnologiyalarni jalb etish va istiqbolli loyihalar bo‘yicha ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.