AQSh prezidenti Donald Tramp Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantinoga nisbatan bildirilayotgan tanqidlar fonida uni lavozimidan ketkazish g‘oyasiga qarshi chiqdi.

Amerikalik yetakchi Truth Social tarmog‘ida shunday yozdi: «Agar FIFA qandaydir sababga ko‘ra Janni Infantinoni almashtirish haqida o‘ylab ko‘rsa ham, bu juda daxshatli xato bo‘ladi». Tramp Infantino «tarixdagi eng muvaffaqiyatli jahon chempionatini o‘tkazganini» yana bir bor ta'kidlab, FIFAning amaldagi rahbarisiz keyingi jahon chempionatlari serdaromad bo‘la olmasligini bildirdi.

Futbol tashkilotlari, jumladan Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) bilan Infantino o‘rtasidagi ochiq nizolar iyul oyida boshlangan edi. Bunga amaldagi prezidentning jahon birinchiligi musobaqalariga xususiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga urinishi sabab bo‘ldi. Loyiha tanqidchilari uni daromadni oshirish maqsadida futbol, o‘yinchilar va ishqibozlar manfaatlarini chetga surishda aybladilar.

Interfax nashrining yozishicha, FIFA rahbari ushbu loyihadan voz kechgan bo‘lsa-da, bu uning iste'fosini talab qilayotgan raqiblarini tinchlantirmadi.