13–18-noyabr kunlari Turkmaniston Tasviriy san’at muzeyida «Ming yilliklarning mo‘jizaviy tulporlari: Xitoy san’atida otlar» nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Madaniy tadbirda Xitoyning Shinjon va Gonkong hududlari vakillari ham ishtirok etadilar.

«Turkmaniston: Oltin asr» nashrining xabar berishicha, ko‘rgazma Turkmaniston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda o‘zaro tajriba almashishga bag‘ishlangan. Tadbir mazmunida ikki mamlakat tarixi va madaniyatini ming yillar davomida bog‘lab kelgan Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati ham o‘z aksini topgan.

Ko‘rgazmada tulporning badiiy qiyofasi turli san’at vositalari orqali tasvirlangan asarlar namoyish etiladi.