
Turkmaniston delegatsiyasi BAAning Abu-Dabi shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) doirasidagi "Neft va gaz metan hamkorligi" (OGMP) 2.0 dasturini amalga oshirish bo‘yicha yillik konferensiyada ishtirok etdi.
Turkmaniston delegatsiyasi tarkibidan Moliya va iqtisodiyot vazirligi, Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi hamda "Türkmengaz" va "Türkmennebit" davlat konsernlari vakillari joy oldi.
Konferensiya neft va gaz sohasiga ixtisoslashgan kompaniyalar, hukumat va ilmiy doiralar vakillarini birlashtirdi. "Oltin standart" hisobotining 5-darajasiga erishish maqsadida metan chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha aniq choralarni ko‘rish asosiy muhokama mavzularidan biri bo‘ldi. Tadbir doirasida Turkmaniston delegatsiyasi Jahon banki va UNEP vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida OGMP 2.0 standartining o‘rni hamda metan chiqindilarini monitoring qilish, hisobot berish va tekshirish (MRV) tizimini yaratish uchun taklif etilayotgan grant loyihasi muhokama qilindi.
Keywords