
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida raqamli tizim orqali o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasining navbatdagi majlisida yilning dastlabki uch oyidagi makroiqtisodiy natijalar sarhisob qilindi. Hisobotga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 6,3 foizga oshdi.
Hukumat majlisida vitse-premyer X.Geldimiradov tomonidan berilgan hisobot milliy iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida ijobiy dinamika saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Hisobot davrida umumiy mahsulot ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,4 foizga ortdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatda sanoatlashtirish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish strategiyasi samarali amalga oshirilayotganining isbotidir.
Tarmoqlar bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha bo‘ldi:
Shu bilan birga, ichki bozorda chakana savdo aylanmasi 10,4 foizga, tashqi savdo aylanmasi esa 3,7 foizga yuqoriladi. Davlat byudjeti daromadlari rejasining ortig‘i bilan bajarilishi (102,3%) iqtisodiyotning moliyaviy poydevori barqarorligini saqlashga imkon berdi.
Davlat rahbari hisobotni tinglab, erishilgan ko‘rsatkichlarning barqarorligini saqlab qolish va byudjet mablag‘laridan tejamkorlik bilan foydalanish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, korxonalarda ish haqi, pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlarning o‘z vaqtida moliyalashtirilishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.
Keywords