Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolarining ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tadqiqot natijalari e’lon qilindi. «EF English Proficiency Index» indeksining 2026-yil uchun tayyorlangan hisobotiga ko‘ra, mintaqadagi beshta davlatning barchasida ingliz tilini bilish darajasi past ko‘rsatkich bilan qayd etilgan. Bu haqda «RG.ru» nashri xabar beradi.

117 ta mamlakatdan 2,3 million kishi ishtirok etgan test natijalari asosida tuzilgan reytingda Turkmaniston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakat jahon reytingida 71-pog‘onadan joy oldi.

Mintaqaning boshqa mamlakatlari orasida Qirg‘iziston 90-, Qozog‘iston 99-, O‘zbekiston 101-, Tojikiston esa 110-o‘rinni egalladi.

Sobiq sovet davlatlari orasida eng yuqori natija Gruziyaga tegishli bo‘ldi. U umumiy reytingda 32-o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinlarda Belarus 37-, Moldova 39-, Ukraina 41-, Armaniston 45-, Rossiya 49-, Ozarbayjon esa 85-o‘rindan joy oldi.