Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Muxammetgeldi Ayazovni Turkmanistonning Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Bu haqda «Vatan» axborot dasturida xabar berildi.

Muxammetgeldi Nurberdiyevich Ayazov ushbu lavozimga tayinlanishidan avval Turkmanistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritgan. U 2025-yil 3-oktabrda Turkmaniston Prezidentining farmoni bilan Ar-Riyod shahrida joylashgan diplomatik vakolatxona rahbari etib tayinlangan edi.

Yangi tayinlovga muvofiq, Muxammetgeldi Ayazov Saudiya Arabistonidagi diplomatik faoliyatini davom ettirgan holda, Turkmanistonning Misr Arab Respublikasidagi elchisi vazifasini ham bajaradi.