
Xalqaro miqyosda tan olingan doimiy Neytrallik huquqiy maqomiga ega bo‘lgan Turkmaniston o‘z tashqi siyosat yo‘nalishini xalqaro huquqning umumiy e’tirof etilgan me’yorlariga muvofiq ravishda izchil amalga oshirib kelmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomiga hamda davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish barasidagi asosiy tamoyillarga tayangan holda, Turkmaniston Xitoy Xalq Respublikasi Hukmati butun Xitoy manfaatlarini ifodalovchi yagona qonuniy Hukmat ekanligini, Tayvan esa ushbu mamlakat hududining ajralmas qismi ekanligini navbatdagi bor ta’kidladi.
Yurtimiz «Yagona Xitoy» siyosati borasida o‘zining prinsipial va o‘zgarmas pozitsiyasiga qat’iy sodiq qolishini ma’lum qiladi. Shu bilan birga, «Tayvan mustaqilligi» tushunchasining har qanday ko‘rinishiga qarshi chiqib, Tayvan bo‘g‘ozining ikki qirg‘og‘i o‘rtasidagi munosabatlarning faqatgina tinchlik yo‘llari orqali rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Turkmaniston Xitoy Xalq Respublikasi Hukmatining mamlakat yaxlitligini ta’minlash va uni birlashtirish yo‘lida amalga oshirayotgan barcha sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati.
Keywords