Keniyaning qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan hududlarida aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida tuyalar soni ko‘paytirilmoqda. Suv tanqisligi va chorva mollarining nobud bo‘lishi mahalliy aholini tuya sutidan ko‘proq foydalanishga undamoqda. Bu haqda «MIR 24» telekanali xabar bermoqda.
Samburu okrugida sigirlarning katta qismi nobud bo‘lgani va suv yetishmasligi sababli tuyalar mahalliy aholi uchun muhim tayanchga aylandi. Okrug ma’muriyati ikkita qishloqqa 150 bosh tuya tarqatdi. Tuyalar yuqori haroratga chidamliligi, suv izlab uzoq masofalarni bosib o‘tishi va uzoq vaqt suvsiz yashay olishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, ular kuniga olti litrgacha sut beradi.
Mahalliy chorvador Nerparle Osonining aytishicha, tuya suti uning oilasining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yordam beradi. Uning ta’kidlashicha, tuyalar uzoq vaqt suvsiz yashay oladi va shu bilan birga ko‘p miqdorda sut beradi.
Tuya sutining narxi sigir sutinikidan uch baravar qimmat. Shunga qaramay, u oson hazm bo‘lishi va tarkibida yog‘ miqdori kamligi bilan ajralib turadi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.