
Turkmaniston Futbol federatsiyasi joriy yildan boshlab Yuqori liga futbol klublari qoshidagi 15 va 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlardan tashkil topgan jamoalar ishtirokida mamlakat yoshlar birinchiliklarini oʻtkazishni yoʻlga qoʻydi.
15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi birinchilik bugun start oldi. Ushbu yosh toifasida jami 8 ta jamoa – “Arkadag U15”, “Axal U15”, “Oltin Asir U15”, “Shagadam U15”, “Nebitchi U15”, “Ashxobod U15”, “Kopetdag U15” hamda “Merv U15” jamoalari bosh sovrin uchun bahslashmoqda.
17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi birinchilik esa kecha, 23-mart kuni boshlandi. Ushbu yosh toifasida ham 8 ta jamoa – “Arkadag U17”, “Axal U17”, “Oltin Asir U17”, “Shagadam U17”, “Nebitchi U17”, “Ashxobod U17”, “Kopetdag U17” hamda “Merv U17” ishtirok etmoqda.
Birinchi tur natijalari: “Shagadam U17” – “Axal U17” – 0:3, “Nebitchi U17” – “Oltin Asir U17” – 1:1, “Kopetdag U17” – “Merv U17” – 1:5, “Ashxobod U17” – “Arkadag U17” – 1:1.
Ikki yosh toifasida oʻtkaziladigan mamlakat yoshlar birinchiliklari ikki davradan iborat boʻladi.
Keywords