
Aralash yakkakurash (MMA) ustasi, turkmanistonlik Ata Atdayev o‘z sport faoliyatidagi eng muhim janglardan biriga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hamyurtimiz 8-may kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirda tojikiistonlik sportchi bilan kuch sinashadi.
Professional darajada o‘tkazgan beshta jangining barchasini g‘alaba bilan yakunlagan (5:0) Ata Atdayev bu safar “IMMAF” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan jangovar oqshomda ishtirok etadi. Ta’kidlash joizki, ushbu tashkilot va o‘tkazilayotgan musobaqa bevosita UFC rahbari Dana Uayt nazorati ostidadir. Bu esa sportchimiz uchun dunyoning eng nufuzli sport tashkilotlariga yo‘l ochish uchun katta imkoniyatdir.
Dastlabki rejaga ko‘ra, turkmanistonlik jangchi mashhur Hamzat Chimayev qo‘l ostida mashg‘ulot o‘taydigan Abdurahman Nasruddinov bilan to‘qnash kelishi kerak edi. Ammo Nasruddinovning jarohati sababli Atdayevning raqibi o‘zgardi. Endi oktagonning narigi tomonida tojikistonlik Jafarali Nuraliyev turadi.
Hozirgi vaqtda Ata Atdayev tajribali murabbiy Soltan Pirguliyev rahbarligida Ashxobod shahrida kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Sportchining jismoniy va taktik jihatdan yuqori darajada tayyor ekanligi qayd etilmoqda.
Jang vaqti Muhim to‘qnashuv 8-may kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi. Jang Ashxobod vaqti bilan soat 20:00 da boshlanishi kutilmoqda.
Biz ham mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan polvonimizga ushbu mas’uliyatli jangda omad va yangi g‘alabalar tilaymiz! Yo‘ling ochiq bo‘lsin, Turkman yigidi!
Keywords