Erkin kurash bo‘yicha turkmanistonlik polvon Dovletgeldi Myradov Moskvadagi «Lujniki» sport majmuasida o‘tkazilgan «Jang san'ati sport festivali» doirasidagi «PWL Junior» musobaqasida g‘alaba qozondi.
92 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Myradov Shimoliy Osetiya vakili, rossiyalik polvon Roland Puxayevga qarshi gilamga chiqdi. Bellashuv 4:1 hisobida turkman sportchisining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Myradov 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi 2026-yilgi Osiyo chempionati g‘olibidir. Unining raqibi Puxayev esa 17 yoshgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi 2024-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sohibi hisoblanadi.
«Lujniki» sport majmuasida o‘tkazilgan «Jang san'ati sport festivali» birinchi marta tashkil etildi. Festival dasturidan kurash, karate va qo‘l jangi bo‘yicha musobaqalar hamda ko‘rgazmali chiqishlar o‘rin oldi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.