
Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Batyr Amanov juma kuni raqamli tizim orqali o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasining navbatdagi majlisida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga hisobot berib, joriy yilning yanvar oyida “Türkmennebit” davlat konserni benzin ishlab chiqarish rejasini 126,5 foizga bajarilganini ma’lum qildi. Bu haqida Turkmaniston rasmiy OAV xabar berdi.
Hisobotga ko‘ra, “Türkmennebit” davlat konserni tomonidan neft qazib olish rejasi 107,5 foizga bajarildi. Hisobot davrida neftni qayta ishlovchi zavodlar neftni qayta ishlash rejasi 106,4 foizga bajarilgan.
Bosh vazir o‘rinbosari shuningdek, dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish rejasi 104,6 foizga, polipropilen ishlab chiqarish rejasi 100 foizga, moylash yog‘lari ishlab chiqarish rejasi 100 foizga, suyuqlashtirilgan gaz ishlab chiqarish rejasi 122,1 foizga, tabiiy va yon gaz qazib olish rejasi esa 108,3 foizga bajarilganini ma’lum qildi.
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov hisobotni tinglagach, mamlakat neft-gaz sanoatini rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur choralarni ko‘rishning muhimligini ta’kidladi. Davlat rahbari bosh vazir o‘rinbosariga tabiiy gaz va neft qazib olishni ko‘paytirish, uglevodorod zaxiralarini o‘zlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va konsern korxonalarining ishlab chiqarish quvvatini barqaror oshirishni topshirdi.
Vazirlar Mahkamasining navbatdagi majlisida joriy yilning yanvar oyida mamlakatda olib borilgan ishlar natijalari sarhisob qilindi.
Keywords