18-sentabr kuni, 2025/26 UEFA Chempionlar Ligasi mavsumining 1-turidagi so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in bahslar futbol ishqibozlariga unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Keling, 1-turdagi so‘nggi o‘yinlar natijalariga nazar tashlaylik:

  • Kopengagen – Bayer Leverkuzen – 2:2
  • Bryugge – Monako – 4:1
  • Ayntraxt Frankfurt – Galatasaray – 5:1
  • Sporting CP – Qayrat – 4:1
  • Nyukasl Yunayted – Barselona – 1:2
  • Manchester Siti – Napoli – 2:0

Chempionlar Ligasi 2-tur uchrashuvlari 30-sentabr, 1 va 2-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 2-turda quyidagi qiziqarli o‘yinlar kutilmoqda:

  • Sobiq chempion PSJ safarda Barselonaga qarshi o‘ynaydi,
  • Turnirda ilk bor ishtirok etayotgan Qayrat o‘z maydonida Real Madridni qabul qiladi,
  • Chelsi – Benfika bilan,
  • Galatasaray esa o‘z uyida Liverpul bilan to‘qnash keladi.