18-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Kengashining rasmiy sayti xabar berdi.
Ashxobod xalqaro aeroportida Rossiya delegatsiyasini Turkmaniston Mejlisining raisi Dunyagozel Gulmanova, Rossiya Federatsiyasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ivan Volinkin hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi bosh kotibi — Kotibiyat rahbari Dmitriy Kobitskiy kutib oldi.
Delegatsiya tarkibidan Federatsiya Kengashi raisining o‘rinbosari Konstantin Kosachyov, Xalqaro ishlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Grigoriy Karasin, Konstitutsiyaviy qonunchilik va davlat qurilishi qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari Nikolay Vladimirov va Vladimir Kojin, shuningdek, mazkur qo‘mita a’zosi Oleg Sepkin o‘rin olgan.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.