
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotgan yo‘nalishlardan biri — chuqur qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Karbamid va fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishning ortishi dunyodagi oziq-ovqat xavfsizligiga bo‘lgan ehtiyoj bilan bevosita bog‘liq. Turkmaniston mintaqaviy va jahon agrar bozorlari uchun xomashyo yetkazib beruvchi muhim davlatga aylanmoqda. Shuningdek, mamlakatimiz yuqori texnologiyali tibbiyot va elektronikada keng qo‘llaniladigan texnik yod ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilardan biri sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda. Arkadagli Qahramon Serdarimizning oq fotihasi bilan Lebap viloyatining Turkmanobod shahridagi S.A.Niyozov nomidagi kimyo zavodida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan yangi majmua qurilishiga start berilishi tarixiy voqealardan biri bo‘ldi. “Mustaqil, doimiy Betaraf Turkmaniston — bedov otlar va maqsadlar makoni” yilida mamlakatimiz kimyo sanoati ob’ektlarini zamonaviylashtirish, tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport hajmini oshirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlar dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda hayotga tatbiq etilmoqda. Bu esa korxonalarni loyiha quvvatiga chiqarishga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini oshirishga hamda sifatini yaxshilashga imkon bermoqda.
Keywords