
Xiaomi global 17 Ultra Leica Edition smartfonini yangi nom bilan taqdim etdi: Leica LeitzPhone powered by Xiaomi. Savdolar 28 fevraldan boshlanadi.
Dizayn biroz o‘zgardi: Leica logosi vertikal, Xiaomi logosi markazga ko‘chirildi, ramka oltin-shampan rangida, mat qora versiya ham kutilmoqda.
Texnik jihatlar: Snapdragon 8 Elite Gen 5, 16 GB RAM, Android 16. 1 dyuymli Leica sensori LOFIC HDR-ni qo‘llab-quvvatlaydi. 200MP telefoto ob’yektiv, 75–100 mm fokus va optik zum mavjud.
Ekran: 6,9 dyuym LTPO AMOLED 1,5K, 120 Hz, Dragon Crystal Glass 3. Kameralar: 50 MP asosiy, keng burchakli, 200 MP periskop. Batareya: 6800 mAh, 90 W simli, 50 W simsiz.
Narx hali e’lon qilinmadi.
Keywords