
Dongfeng Nissan qo'shma korxonasi Xitoy bozoriga yangi avlod Sylphy sedanini chiqardi. Ushbu model Nissan-ning Xitoydagi eng ommabop avtomobili hisoblanadi. Yangi modelning narxi atigi 94,9 ming yuandan (taxminan 13 000 dollar) boshlanadi. Avtomobil tashqi ko'rinishidan futuristik uslubda bo'lib, matritsali faralar bilan jihozlangan. Salon ichida Qualcomm Snapdragon 8155 protsessori va ikkita 12,3 dyuymli ekran o'rnatilgan. Texnik jihatdan esa avtomobil sodda va ishonchli: 135 ot kuchiga ega 1,6 litrli atmosfera dvigateli va CVT variatori o'rnatilgan.
Manba: Dongfeng Nissan ma'lumotlari / Amul Info tahlili.
Keywords