
Ushbu kichik qurilma COVID-19, Ebola gemorragik isitmasi va Laym kasalligi kabi infeksiyalarni tez va aniq aniqlashga imkon beradi. Qurilma shaharlardagi shifoxonalardan tortib, chekka qishloq poliklinikalarigacha har xil sharoitlarda ishlatilishi mumkin. Bu haqda ACS Nano jurnalida maqola e’lon qilindi.
Texnologiya asosida infeksiya bilan bog‘liq oqsillarni aniqlaydigan oltin nanohissachalar yotadi. Bu zarrachalar virus yoki bakteriyalarning oqsillari bilan bog‘lanadigan antitanachalarni ham o‘z ichiga oladi.
Qon tomchisi testga qo‘shilgach, agar infeksiya mavjud bo‘lsa, nanohissachalar reaksiyaga kiradi va namunada cho‘kadi. Buning natijasida qon tiniqlashadi. NasRED qurilmasi namunadan yorug‘lik nuri o‘tkazadi va qancha yorug‘lik o‘tganini o‘lchaydi — bu orqali infeksiyaning bor-yo‘qligi aniqlanadi.
Hozirda tadqiqotchilar texnologiyani faqat yuqumli kasalliklar bilan cheklab qo‘ymaslik ustida ish olib bormoqda. Ular NasRED yordamida saraton belgilari va Altsgeymer kasalligi bilan bog‘liq oqsillarni ham aniqlash mumkin, deb hisoblaydilar.
Keywords