
Italiyalik tennischi, jahonning ikkinchi raketkasi va Grand Slam musobaqalarining to‘rt karra chempioni Yannik Sinner Australian Open-2026 yarim finaliga yo‘l oldi. Chorak finalda u amerikalik Ben Sheltonni 6:3, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuv 2 soat 23 daqiqa davom etdi. Sinner besh eys qayd etdi, ikki marta qo‘sh xato qildi va 12 breyk-poyntdan uchtasini amalga oshirdi.
Final yo‘llanmasi uchun Sinner serbiyalik mashhur tennischi Novak Jokovich bilan bellashadi.
Keywords