
Yaponiyaning Kawasaki Heavy Industries kompaniyasi Turkmanistonda infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya vakili bilan o‘tkazilgan suhbat davomida aytilganini Trend axborot agentligi seshanba kuni xabar berdi.
Kompaniya xalqaro tajribasi va zamonaviy texnologik yechimlariga tayangan holda mamlakat sanoat sohasini modernizatsiya qilishga ko‘maklashishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, kompaniya vakili Kawasaki Heavy Industries Turkmanistondagi investitsiya muhitini yuqori baholashini, hozirda sarmoya kiritish uchun qulay sharoitlar yaratilganini qayd etdi.
Kawasaki Heavy Industries Turkmanistonda yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lib, Ahal viloyatida tabiiy gazdan benzin ishlab chiqaruvchi zavod qurilishida ishtirok etgan. Mazkur zavod yiliga 1,8 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlab, 600 ming tonna ECO-93 benzini, 12 ming tonna dizel yoqilg‘isi hamda 115 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqaradi.
Keywords