Londonning 60 yoshli fuqarosi yuragi to‘xtab qolgach, u dunyoda nimalarni ko‘rganini so‘zlab berdi. Bu haqda News18 nashri xabar bermoqda.
Aktyor Shiva Grival rafiqasi Elison bilan o‘tirganida to‘satdan xuruj ro‘y berdi. Ayol zudlik bilan shifokorlarni chaqirdi va erkak kasalxonaga yotqizildi. U yerda shifokorlar uning arteriya tomiri to‘liq to‘silib qolganini aniqlashdi.
Shu vaqtda Grival klinik o‘lim holatiga tushgan edi. Unining so‘zlariga ko‘ra, u o‘zini jismoniy tanasidan ajralganini his qilgan. U ushbu tuyg‘uni suvda suzish bilan solishtirdi, shundan so‘ng u koinotga uchib ketgan. «Men bir oz vaqt Oymomo ustida uchdim, meteoritlar va cheksiz koinotni ko‘rdim», — deb hikoya qildi erkak.
So‘ngra noma'lum kuchlar unga har xil hayot ko‘rinishlarini ko‘rsatib, kim bo‘lib yashashni xohlashini so‘rashgan. Ammo Grival ortga qaytib, o‘z umrini yashashni afzal ko‘rishini tushuntirgan. Amalda uning yuragi yetti daqiqa davomida urishdan to‘xtagan, ammo u bir oy davomida koma holatida yotgan. Aktyorning ta'kidlashicha, ushbu voqea unga hayotning naqadar qimmatli ekanligini anglashga yordam bergan.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.