
Barselonadagi 144 yildan beri qurilishi davom etayotgan tarixiy Sagrada Familia bazilikasi dunyodagi eng baland cherkovga aylandi. Imorat tepasiga Iso minorasining o‘rnatilishi bilan binoning balandligi 172,5 metrga yetdi. Bungacha Germaniyadagi balandligi 162 metr bo‘lgan Ulm sobori dunyodagi eng baland ibodatxona hisoblanar edi. Shu yilning 10-iyun kuni binoning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ammo qurilish ishlarining 2034-yilgacha davom etishi kutilmoqda.
Bino juda murakkab tuzilishga ega bo‘lib, majmuaning jami 18 ta minorasi bor. U YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatidan joy olgan. 1882-yilda qurilishi boshlangan imoratning me’mori Antoni Gaudi bu binoni qurib bitkazmasdan avval, ya’ni 1926-yilda vafot etgan. Tugallanmagan binoni ko‘rish uchun har yili millionlab mehmonlar Barselonaga boradilar. Bu yil Barselona YUNESKOning Butunjahon me’morchilik poytaxti deb saylandi. Shaharda Xalqaro me’morlar ittifoqi (UIA) konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Keywords