Xitoyda ishlab chiqarilgan «Adora Flora City» nomli ikkinchi yirik kruiz kemasi Shanxay shahrida o‘tkazilgan rasmiy marosimda buyurtmachiga topshirildi. 9-noyabr kuni kema Shanxay portidan o‘zining asosiy bazaviy porti joylashgan Guanchjou shahriga yo‘l oldi.
«Turkmenistaninfo» nashrining xabar berishicha, safar davomida kemaning sinov suzishi o‘tkaziladi. Sinov jarayonida kruiz kemasining odatiy tijorat faoliyatiga yaqin sharoitda yo‘lovchilarga kompleks xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati tekshiriladi.
«Adora Flora City» kemasining asosiy xususiyatlaridan biri uning katta o‘lchamidir. Kemaning uzunligi 341 metrni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich ketma-ket joylashtirilgan uchta standart futbol maydonining umumiy uzunligidan ham ortiq.
Kemada jami 2 130 ta yo‘lovchi kabinasi mavjud bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 5 200 dan ortiq kishini qabul qilishga mo‘ljallangan. Bu sig‘im quruqlikdagi o‘rtacha besh yulduzli oltita mehmonxonaning imkoniyatlariga tenglashtiriladi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.