
2026 yil 29 yanvar holatiga ko‘ra, oltin narxi 2,7 foizga oshib, bir unsiyasi 5 564 AQSh dollariga yetdi. Bloomberg agentligining xabar berishicha, oy boshidan buyon oltin narxi qariyb 29 foizga ko‘tarildi.
2025 yilda 148 foizga qimmatlashgan kumush joriy yil boshidan beri ham o‘sishini davom ettirib, yana 66 foizga oshdi.
Jahon Oltin Kengashining (WGC) 2025 yilga oid “Gold Demand Trends” hisobotiga ko‘ra, oltin bo‘yicha talab rekord darajaga — 5 002 tonnaga yetdi.
Rekord ko‘rsatkichli to‘rtinchi chorak muvaffaqiyatli yilni mustahkamladi: oltinga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 555 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
Mutaxassislar oltin narxining oshishini moliyaviy mablag‘larni saqlashning ishonchli vositasi sifatida qaralaydigan barqaror aktivlarga bo‘lgan talabning ortishi bilan izohlamoqda.
Keywords