
12-fevral kuni Turkmaniston Davlat tovar-xomashyo birjasida tashqi va ichki bozorlarda savdolar bo‘lib o‘tdi. Savdolar natijasida umumiy qiymati 10 048 900,00 manat va 1 129 700,00 AQSH dollariga teng bo‘lgan to‘rtta shartnoma imzolandi.
Tashqi bozorda Afg‘oniston ishbilarmonlari «Türkmenhimiýa» davlat konsernidan suyultirilgan gaz va «B» navli karbamid sotib olish bo‘yicha kelishuvlar tuzdilar.
Ichki bozorda mahalliy tadbirkorlar «Türkmennebit» davlat konserni bilan «TPP D 30 S» rusumli polipropilen sotib olish bo‘yicha, shuningdek, xususiy tadbirkorlar bilan plastik tagliklar (poddonlar) sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzoladilar.
Keywords