
Apple kompaniyasi o‘n yildan ortiq vaqtdan buyon birinchi marta smartfonlarning yil davomida chiqarilish tsiklini o‘zgartirmoqda. 2026-yilda standart iPhone 18 taqdim etilmaydi. Buning o‘rniga faqat premium modellari—iPhone 18 Pro, iPhone 18 Pro Max va yig‘iladigan iPhone—kuz mavsumida e’lon qilinadi. Standart iPhone 18 va boshqa mavjud modellar faqat 2027-yil bahorida sotuvga chiqadi, deya xabar beradi MacRumors.
Bu esa shuni anglatadiki, amaldagi iPhone 17 bozorda asosiy model sifatida 18 oydan ortiq vaqt qoladi. Ishlab chiqarishdagi o‘zgarish liniyaning kengayishi bilan bog‘liq: 2026-yil oxiriga qadar bozorda kamida sakkiz xil iPhone modeli bir vaqtda sotuvga chiqarilishi mumkin, jumladan iPhone 16e, iPhone Air va eski avlodlar. Chiqarishlarni ajratish Apple’ga mahsulotlarni taqsimlash, har bir modelning umrini uzaytirish, ichki raqobatni kamaytirish va yil davomida savdolarni teng taqsimlash imkonini beradi.
Yangi yondashuv logistika jihatdan ham foydali. Uzaytirilgan ishlab chiqarish jadvali torliklarni oldini olishga, ilg‘or texnologiyalar komponentlarini ta’minlashga va daromadni choraklar bo‘yicha teng taqsimlashga yordam beradi.
Shu sababli, Apple kompaniyasining 2026-yil sentyabr oyidagi an’anaviy tadbiri faqat premium-segmentga bag‘ishlanadi va kompaniya strategiyasida yangi davrni belgilaydi.
Keywords