
Apple kompaniyasi Siri yordamchisini yangilangan va sezilarli darajada aqlli ko‘rinishda fevral oyida taqdim etishi mumkin. Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, taqdimot oyning ikkinchi yarmida o‘tkaziladi, aniq sana hozircha ma’lum emas.
Yangi Siri Google Gemini asosida ishlaydi va Apple Foundation Model version 1.0 nomli maxsus versiyasini qo‘llaydi.
Yordamchi foydalanuvchi bilan chat-bot darajasida muloqot qilishi bilan birga, smartfon ekranidagi ma’lumotlar bilan ham ishlay oladi. Yangilangan Siri iOS 26.4 bilan taqdim etiladi, beta-sinov fevralda boshlanishi kutilmoqda.
Keywords