
Ushbu modellar TSMC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, 3 nanometrli texnologiyada yaratilgan yangi Apple A19 Pro protsessori bilan jihozlangan. Apple’ning ta’kidlashicha, iPhone 17 Pro — kompaniya tarixidagi eng kuchli iPhone hisoblanadi.
Ikkala model ham tirnalishga chidamli yangilangan ekran qoplamasi, 120 Hz gacha yangilanish tezligi bilan ProMotion, Always On Display va 3000 nit yorqinlikni qoʻllab-quvvatlaydi. Apple ma’lumotiga koʻra, ochiq havodagi kontrast oʻtgan yilgi Pro modellarga nisbatan ikki baravar oshgan.
Orqa kamera tizimi uchta 48 megapiksellik sensorlardan iborat: asosiy kamera, ultra-keng burchakli kamera va 4 baravar optik zoomli telefoto obyektiv.
Old kamera — 18 MP, yangi suratga olish rejimlariga ega.
Yangi iPhone 17 Air o‘zining eng yupqa dizayni bilan alohida e’tibor qozondi — qurilmaning qalinligi atigi 5,7 mm.
Titan qotishmasidan yasalgan bu model 6,5 dyuymli displey va orqa tomonida 48 MP bitta kameraga ega. Apple ma’lumotiga ko‘ra, bu kamera bir nechta obyektivlarning funksiyasini bajara oladi.
Barcha modellar uchun boshlang‘ich xotira — 256 GB, Pro Max versiyasi esa 2 TB gacha bo‘lgan variantlarda mavjud.
Keywords