Apple kompaniyasi 2026-yilning ikkinchi yarmi va 2027-yilning birinchi yarmida kamida beshta yangi iPhone modelini, jumladan, o‘zining ilk buklanadigan smartfonini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novosti Nikkei Asia nashriga tayanib xabar berdi.

Apple’ning yirik yetkazib beruvchilaridan birining aytishicha, iPhone 17 modeliga bo‘lgan talab hanuz yuqori bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, kompaniya iPhone 18 seriyasi uchun chiplar va boshqa asosiy butlovchi qismlarni tayyorlash bo‘yicha topshiriq bergan.
Nikkei Asia ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning ikkinchi yarmida iPhone 18 Pro, iPhone 18 Pro Max hamda Apple’ning ilk buklanadigan iPhone modeli taqdim etiladi. 2027-yilning birinchi yarmida esa kompaniya kamida yana ikkita model — iPhone 18 va yangi iPhone Air smartfonlarini sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda.
Nashrning yozishicha, Apple o‘z yetkazib beruvchilariga joriy yilning o‘zida qariyb 10 million dona buklanadigan iPhone ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rishni topshirgan. Umuman olganda, kompaniya 2026-yilda mavjud va yangi modellarni hisobga olgan holda 220 milliondan ortiq iPhone ishlab chiqarishni maqsad qilgan.
Keywords