
NASA va AQSh Energetika vazirligi (DOE) 2030 yilga borib Oy yuzasida yadroviy reaktor joylashtirish rejalarini rasman tasdiqladi. Loyiha «Artemida» dasturi doirasida amalga oshiriladi va Oyda uzoq muddatli inson faoliyatini ta’minlashga qaratilgan.
Oyda asosiy muammolardan biri barqaror energiya manbasining yo‘qligidir. Ko‘plab missiyalar quyosh panellariga tayanadi, biroq Oy kechasi taxminan 14 Yer kuniga cho‘ziladi.
Shu sababli yadroviy bo‘linishga asoslangan energetik tizim ishlab chiqilmoqda. Yadroviy reaktorlar tashqi sharoitlardan qat’i nazar uzluksiz elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin.
Keywords