«American Airlines» aviakompaniyasining San-Diegodan Chikagoga uchayotgan samolyoti yo‘lovchilardan biri eshikni ochishga uringani sababli Arizona shtatining Finiks shahriga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda «Regnum.ru» «CBS News» telekanaliga tayanib xabar bermoqda.
Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lovchilardan birining nomaqbul xatti-harakati tufayli samolyot Finiks shahridagi Sky Harbor xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan. U samolyotning favqulodda chiqish eshigini ochishga uringan. Uchuvchilar va boshqa yo‘lovchilar samolyot xavfsiz qo‘nguniga qadar uni to‘xtatib turishga muvaffaq bo‘lishgan.
Voqeadan so‘ng yo‘lovchi samolyotdan tushirilgan. U yengil tan jarohatlari olib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun shifoxonaga yotqizilgan.
Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, erkak kishi hibsga olinmagan. Hozirda voqea AQSh Federal tergov byurosi tomonidan tekshirilmoqda.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.