Chorshanba kuni Turkiyaning shimoli-sharqidagi Rize viloyatida daryo suvi to‘satdan qizil rangga aylandi. Bu holat mahalliy aholi orasida xavotir uyg‘otdi va ular tegishli tezkor xizmatlarga xabar berishdi.

«Osnmedia.ru» nashrining xabar berishicha, mahalliy hokimiyat vakillari voqea sababini aniqlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida daryoni ko‘zdan kechirishgan.

Tekshiruv natijasida suv rangining o‘zgarishiga daryoga ishlab chiqarish chiqindilarini oqizgan choy fabrikasi sabab bo‘lgani aniqlangan.