Yevropa Ittifoqi Statistika boshqarmasi (Yevrostat) tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ittifoqqa a’zo mamlakatlardagi uy xo‘jaliklarining to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i, ya’ni qariyb 77 foizi farzandsiz yashaydi. Bu haqda «News.by» nashri Yevrostat ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida farzandli oilalarning ulushi 14 foizdan sal ko‘proqni tashkil etadi. Farzandsiz uy xo‘jaliklarining ulushi esa qariyb 38 foizga yetgan.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqida farzand tarbiyalayotgan ota-onalarning deyarli yarmi faqat bitta farzandni voyaga yetkazmoqda. Ko‘p bolali oilalarning ulushi esa 12 foizni tashkil etadi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.