
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov juma kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishida 2026-yilda Ashxobod shahrining “Paraxat — 7” turar joy majmuasida 30 ta uy-joy va ko‘plab savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, Buzmeyin tumanidagi turar joy majmuasida 46 ta zamonaviy uy-joy, poytaxtda esa 127 ta ikki qavatli kottej tipidagi turar joy binolari foydalanishga topshirilishini aytdi.
Turkmaniston rasmiy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida 4 ming o‘rinli ko‘p tarmoqli madaniyat markazi qurilib, foydalanishga topshiriladi.
“Shuningdek, Ashxobodda Xalqaro pediatriya, Xalqaro onkologiya ilmiy-klinik markazlari va Stomatologiya markazini foydalanishga topshiramiz. “Archman” sanatoriysida esa 400 o‘rinli yangi binolar majmuasi fuqarolarga xizmat ko‘rsata boshlaydi”, — deb ta’kidladi davlat rahbari.
Xabarda ta’kidlanganidek, “2026-yilda Turkmanistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va investitsiya dasturi”ga muvofiq, joriy yilda umumiy maydoni 900 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar joy binolari, 3 ming 380 o‘rinli umumta’lim muassasalari va 1 ming 80 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasalarini qurib foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Xalqimizning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ushbu Dasturni amalga oshirish doirasida viloyatlarda va poytaxtda ko‘plab inshootlar hamda binolar qurilishi boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishida 2025-yilda mamlakatda amalga oshirilgan ishlar yakunlari sarhisob qilindi va Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosarlari, ayrim vazirliklar rahbarlari va viloyat hokimlarining hisobotlari tinglandi. Shuningdek, yig‘ilishda 2026-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha oldinda turgan vazifalar, rahbarlarni
Keywords