
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida 2026-yilning 2–4-aprel kunlari “Hamkorlik va taraqqiyot” nomli yirik xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Bu haqda payshanba kuni Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Ushbu tadbir Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Turkiya Respublikasining “Net Organization” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Xabarda ta’kidlanganidek, ko‘rgazmaning asosiy maqsadi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish hamda investitsiya faolligini rag‘batlantirishdan iboratdir.
“Hamkorlik va taraqqiyot” ko‘rgazmasida raqamlashtirish, “yashil” texnologiyalar, sanoat va logistika yo‘nalishlari bo‘yicha ilg‘or yechimlar namoyish etiladi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini kengaytirish va yangi bozorlarga chiqish masalalari muhokama qilinadi.
Ishbilarmonlik uchrashuvlari va loyihalar taqdimoti h
Keywords