Ashxobod shahrida joylashgan Turkmaniston Milliy jonli tabiat muzeyida ikkita oq sher bolasi dunyoga keldi. Bolalar Taymaz ismli erkak sher va Narin ismli urg‘ochi sherning nasli hisoblanadi. Ulardan biri erkak, ikkinchisi esa urg‘ochi bo‘lib, ikkalasi ham oq rangda.
Hozirda ona sher Narin va uning bolalari veterinariya shifokorlari nazoratida saqlanmoqda. Mutaxassislar hayvonlarning sog‘lig‘ini muntazam tekshirib, sher bolalarining me’yorida rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda.
Yangi tug‘ilgan oq sher bolalarini muzeyga tashrif buyuruvchilarga 2027-yil bahorida namoyish etish rejalashtirilgan.
Ushbu voqea Turkmaniston Milliy jonli tabiat muzeyida hayvonlarni muhofaza qilish va ularning ko‘payishi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyatini yana bir bor namoyon etadi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.