Dunyoda eng ko‘p iste’mol qilinadigan mevalardan biri bo‘lgan uzumning 10 mingdan ortiq navi yetishtiriladi. Uzum ishlab chiqarish bo‘yicha Ispaniya, Italiya, Fransiya, Argentina, Xitoy, Hindiston, Turkiya va Janubiy Afrika Respublikasi yetakchi mamlakatlar qatoriga kiradi.
Uzumning keng tarqalgan navlari orasida mayiz tayyorlashda ishlatiladigan oq sultanin, yirik qora rangli kyoho, qizg‘ish-pushti glob, xonbarmoq, Arkadiya, Viktoriya, Moldova, Izabella, Merlo, Shardone, Shiraz va Ayren kabi navlar bor. Shuningdek, Yaponiyada yetishtiriladigan va o‘zining noodatiy tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadigan kosyu uzumi ham xaridorlarda katta qiziqish uyg‘otadi.
Yaponiyada qadim zamonlardan buyon yetishtirib kelinayotgan kosyu uzumi kulrang-pushti rangi bilan e’tiborni tortadi. Yomg‘irdan keyin quyosh nurlari ostida uning donalari yanada yaltirab, shaffof tusga kiradi. Shu sababli bu uzumni ilk bor ko‘rgan odamlar uning tabiiy meva ekaniga ishonishi qiyin. Yomg‘ir tomchilari bilan yuvilgan kosyu uzumi xuddi ichi havoga to‘ldirilgandek ajoyib ko‘rinish kasb etadi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.