Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) ma’lumotlariga ko‘ra, tirik organizmlarning 49 ming 500 turi yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Tabiiy sharoit va iqlimning o‘zgarishi, sanoat ishlab chiqarishining kengayishi hamda inson faoliyatining kuchayishi hayvonlarning bir qancha turlari hayotiga tahdid solmoqda. Shuningdek, aholi yashash joylari va xo‘jalik faoliyatining kengayishi yovvoyi hayvonlarning tabiiy yashash hududlarini tark etishiga sabab bo‘lmoqda.
Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlardan biri Afrika filidir. So‘nggi yillarda bu ulkan sutemizuvchilarning soni sezilarli darajada kamaydi. Asosan Gabon va Kongo kabi mamlakatlarning o‘rmonlarida yashaydigan Afrika fillari qurg‘oqchilik va suv tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Afrika filining vazni 7 tonnagacha, bo‘yi esa 4 metrgacha yetadi. Uning asosiy ozuqasini daraxtlarning barglari va po‘stlog‘i tashkil etadi. Bundan tashqari, bu hayvonlar turli xil o‘tlar va sabzavotlar bilan ham oziqlanadi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.