
2026-yil 26-mart kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahridagi “Yyldyz” mehmonxonasida “Bog‘liqlik va barqaror rivojlanishning yangi ufqari” mavzusida Turkmaniston – Yevropa Ittifoqi biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalqaro savdo markazi (ITC) xabar bermoqda.
Forum Yevropa Ittifoqi hamda Turkmaniston Hukumati tomonidan tashkil etilib, Xalqaro savdo markazi ushbu tadbirda hamkor sifatida ishtirok etadi.
Tadbirning asosiy maqsadi Yevropa Ittifoqi va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Forum kun tartibi Turkmanistonda “Global Gateway” tashabbusining ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, transport bog‘liqligini rivojlantirish, logistika, energetika hamda barqaror rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Biznes-forumda Turkmaniston va Yevropa Ittifoqining tegishli davlat tuzilmalari hamda ishbilarmon doiralari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadilar.
Forum doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda tarmoq va investitsiyaviy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida B2B (biznes uchun biznes) va B2G (biznes uchun davlat) formatidagi uchrashuvlar ko‘zda tutilgan.
Keywords