
Xalqaro avtomobil bozorida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan yangi shartnoma imzolandi. Yevropaning transmilliy avtomobil korporatsiyasi «Stellantis» va Xitoyning eng yirik avtoishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan «Dongfeng» kompaniyasi o‘zaro strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.
Yangi imzolangan shartnomaga ko‘ra, Fransiyaning mashhur «Peugeot» hamda Italiyaning aslzoda «Jeep» brendlari avtomobillari bundan buyon Xitoy Xalq Respublikasi hududida ham ishlab chiqarila boshlaydi. Ushbu loyiha tomonlarning jahon avtosanoatidagi mavqeini yanada mustahkamlashga imkon beradi.
Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, Xitoyda ishlab chiqariladigan ushbu yangi avtomobillar nafaqat ichki bozor ehtiyojlarini qondirish bilan cheklanib qolmay, balki dunyoning boshqa davlatlariga ham eksport qilinadi.
Ikki gigantning birlashishi natijasida amalga oshirilayotgan ushbu ulkan loyihaga jami 8 milliard yuan (taxminan 1 milliard yevro) miqdorida investitsiya yo‘naltiriladi. Ushbu loyiha yaqin kelajakda dunyo transport bozorida yangi raqobat muhitini yuzaga keltirishi kutilmoqda.
Keywords