
Xitoyning DeepSeek kompaniyasi ochiq vaznli (open-weight) kuchli sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqishi bilan mashhur. Kompaniya yangi ilmiy ish orqali yirik AI modellarining xotira talablarini sezilarli darajada kamaytiradigan texnologiyani taqdim etdi.
Tadqiqot kompaniya asoschisi Lyan Venfen tashabbusi bilan olib borildi. “Shartli xotira” (conditional memory) texnologiyasi modelning mantiqi va bilimlarini ajratib, katta hajmdagi ma’lumotlarni arzonroq uskunalarda saqlash imkonini beradi.
DeepSeek ushbu texnologiyaning Engram nomli ochiq kodini ham e’lon qildi. U bilimga boy vazifalarda yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
Keywords