
Gulnur Ahmedova, viloyat kutubxonasi kutubxonachisi: Lebap viloyat kutubxonasida Turkmaniston Agrar partiyasi viloyat qo‘mitasi, Turkmaniston Kasaba uyushmalari Farap tuman birlashmasi hamda ushbu madaniyat o‘chog‘i hamkorligida «Mustaqil, doimiy Betaraf Turkmaniston — samandardek shiddatli orzular makoni» yili munosabati bilan «Diyorimizning do‘stlik va qardoshlik aloqalari yuksaklarga ko‘tarilmoqda» mavzusida anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda viloyat prokuraturasi, viloyat adliya bo‘limi, viloyat politsiya boshqarmasi hamda Turkmanobod shahar sudi vakillari ishtirok etdilar.
Anjumanda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizning umumjahon tinchligi, xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosati jahon hamjamiyati tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladilar. Shuningdek, shiddatli taraqqiyot bilan olg‘a borayotgan yurtimiz mintaqaviy va xalqaro miqyosda do‘stlik va qardoshlik aloqalarini mustahkamlashga hissa qo‘shayotgani qayd etildi.
Anjuman davomida ishtirokchilar yurtimizni barcha sohalarda rivojlantirish yo‘lidagi keng ko‘lamli ishlari uchun muhtaram Prezidentimizga chin dildan minnatdorlik bildirdilar va belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda bor kuch-g‘ayratlarini ayamajaklarini ta’kidladilar.
Keywords